O‘zbekistonga bir qator dori-darmonlarni olib kirish uchun 2 foiz miqdorida bojxona boji joriy etilmoqda. Ular orasida antibiotiklar, og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanish hamda virusga qarshi, gormonal va boshqa preparatlar bor.
Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, dorilarni tadqiqotsiz ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror SSV huzuridagi ekspertlar kengashi tomonidan chiqariladi.
Toshkent viloyatining Qibray tumanida dorilar retseptini elektron yozish va berish tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda. Pilot loyihada tuman markaziy poliklinikasi va 8 ta dorixona qamrab olingan.
Prezidentning farmatsevtika korxonalari bilan muloqotida sohada 1 mlrd dollarlik loyihalar shakllantirib, talab yuqori dorilarni chet elnikidek sifatda ishlab chiqarish, bozorda raqobat muhitini yaratish belgilandi. Mahalliy korxonalarga bojxona imtiyozlari yana 3 yil, 2028-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi.
Urganchlik 41 yoshli shaxs kelgusida sotish maqsadida o‘z uyida 2,9 mlrd so‘mlik 64 452 dona noqonuniy dori vositalarni saqlab kelgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda fuqaro ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov ketmoqda. Uning aybi tasdiqlansa, fuqaro 5−8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Andijon viloyatida umumiy qiymati 1,6 mlrd so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan ikki shaxsga hukm o‘qildi. Ulardan biri 5 yilga, ikkinchi esa 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
DXX Qashqadaryo viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan 3,7 mingta dorini 54 mln so‘mga sotgan ayol va uning tanishini qo‘lga oldi. Sirdaryoda esa uyida 593 mln so‘mlik 49 mingta flakondagi hujjatsiz dorini saqlagan fuqaro va dorining egalari ushlandi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Qo‘qon shahrida fuqaro 121 mln so‘mlik salkam 6 ming dona sifatsiz dori vositasini Namangandagi dorixonalariga sotib yubormoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi.
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi O‘zbekistonda taqiqlangan ozdiruvchi mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ularda kuchli ta’sir qiluvchi sibutramin moddasi mavjudligi aniqlangan.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarning xaridlari uchun QQS qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxatiga un, shakar, dori vositalari va tibbiy xizmatlar ham kiritildi.
O‘zbekistonda Singapur kompaniyasi hamkorligida umumiy qiymati 49 million dollarga teng farmatsevtika korxonasi ochiladi. Unda immunobiologik preparatlar va onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
SSV 18 nafar bola «Dok-1 Maks» siropini ichib vafot etganini tasdiqladi. Aniqlanishicha, dori shifokor retseptisiz, mustaqil yoki farmatsevt tavsiyasi bilan sotib olingan va me’yordan ortiq dozada qabul qilingan. Holat o‘rganilgach, yetti nafar mas’ul ishdan olindi. Dori savdosi esa to‘xtatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida 2 oy ichida «Dok-1 Maks» (Hindiston) tabletkalari va siropini ichgan 21 nafar bolada asoratlar yuzaga kelgani, 15 nafar bola vafot etgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Dori savdosi to‘xtatildi, tergov boshlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxatini tasdiqlash va dori moddalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinadi. Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi.
«Tashkent Pharma Park» farmatsevtika klasteri hududida Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etildi. Markazga tibbiy, klinik va laboratoriya jihozlarini xarid qilish uchun bilan ta’minlash Koreya Eksimbanki jamg‘armasi kreditlari yo‘naltiriladi.
O‘zbekistonda tashqi omillar hisobiga 150 turdagi aholi uchun zarur dori vositalarida uzilish bo‘lishi xavfi mavjud, qalbaki va kontrafakt dorilar sotilishiga haligacha barham berilgani yo‘q, amaliyotda 15 foizlik narx preferensiyasi ishlamaydi. Shu va boshqa 50 ga yaqin muammoga yechim topilmagani prezident ishtirokidagi yig‘ilishda tanqid qilindi.
Sirdaryo viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” dori vositasini 12 mln so‘mga noqonuniy sotayotgan shaxslar ushlandi.
Toshkent va Yangiyo‘l tumanlarida $20 ming va qariyb 149 mln so‘mga noqonuniy tarzda dori sotayotganlar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting